«Atalanta» klub tarixidagi rekordni yangiladi

Sport 17:04 / 12.07.2020 4646

Italiya A Seriyasi 32-turi doirasida «Atalanta» Turinda «Yuventus» (2:2) bilan durang natija qayd etdi.

Ushbu bahsda ukrainalik futbolchi Ruslan Malinovskiy tomonidan kiritilgan ikkinchi gol Bergamo klubi uchun mavsumdagi barcha turnirlardagi 104-gol bo‘ldi. Bu natija klub tarixidagi bir mavsumda kiritilgan rekord natijadir. «Atalanta» o‘z tarixida bir mavsumda 100dan ortiq gol kiritmagan edi.

Ma'lumot uchun, Gasperini murabbiyligidagi «Atalanta» 67 ochko bilan A Seriyada 3-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Yuventus» hisobida esa 76 ochko mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: