AQShda OTMlar talabalarni mamlakatdan chiqib ketishga majbur qiladigan buyruq bois hukumat bilan sudlashmoqda

Jahon 00:14 / 12.07.2020 8660

Jons Hopkins universiteti, Harvard va Massachusets texnologiya institutlari xorijlik talabalarni mamlakatni tark etishga majbur qiluvchi yo‘riqnoma sababli AQSh hukumatini sudga berdi.

Jons Hopkins universiteti kuzda ta'lim shakli to‘liq onlayn rejimga o‘tadigan xorijlik talabalarni mamlakatni tark etishga majbur qiluvchi buyruq sababli AQSh hukumatiga qarshi Kolumbiya okrugi federal sudiga da'vo arizasi berdi

Da'voda AQSh migratsiya va bojxona qonunchiligini nazorat qiluvchi byurosi (ICE) universitetning kelgusi semestrda talabalar bilan o‘tkazadigan mashg‘ulotlarini tiklash bo‘yicha rejalarini "ostin-ustin" qilib yuborishi bildirilgan, deb yozadi The Baltimore Sun nashri.

6 iyul kuni ICE koronavirus pandemiyasi sababli birinchi semestrda faqat onlayn tahsil oladigan xorijlik talabalar AQShni tark etishi yoki o‘qishini hech bo‘lmaganda kurslarning bir qismi kunduzgi shaklda o‘tiladigan ta'lim muassasasiga ko‘chirishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Avvalroq Massachusets texnologiya instituti va Harvard universiteti hukumatning bu yo‘riqnomasiga qarshi da'vo bilan sudga murojaat qilgandi.  

Xorijlik 5 ming talaba tahsil oladigan Jons Hopkins universiteti da'vosida Tramp ma'muriyatining qarori "o‘zboshimchalik" deb baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: