AQShda so‘nggi sutkada rekord sonda kasallanganlar qayd qilindi

Jahon 09:37 / 12.07.2020 19183

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, yangi kasallanish holatlari soni avvalgi kungiga nisbatan 2,3 foizga ortgan.   

Umuman olganda, oxirgi hafta davomida o‘sish o‘rtacha 1,9 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari soni 0,1 foizga ortgan. 

Bruklin markaziy shifoxonasida ishlovchi rossiyalik reanimatolog Yevgeniy Pinelisning ta'kidlashicha, AQSh tibbiyoti koronavirus epidemiyasiga tayyor bo‘lmagan. Uning aytishicha, AQShdagi sog‘liqni saqlash tizimi jiddiy silsilalarga moslashmagan. Xususan, aholining kam ta'minlangan qatlami hukumatning epidemiyaga qarshi qaratilgan choralariga jiddiy munosabatda bo‘lmagan. Bundan tashqari, ular masofadan ishlash imkoniyatiga ega emaslar va shahardan-shaharga ko‘chib yurishga majburlar.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 3,35 mlndan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 137 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, 1,5 mlnga yaqin odam kasallikdan sog‘ayib ketgan. 

Ko‘proq yangiliklar: