JSSTning pandemiyaga javoban harakatlarini baholovchi maxsus komissiya tuziladi

Jahon 01:03 / 10.07.2020 3005

Gebreyyesusning ta'kidlashicha, guruhga Yangi Zelandiyaning sobiq bosh vaziri Xelen Klark va Liberiyaning sobiq prezidenti Ellen Jonson Serlif boshchilik qilishga rozi bo‘lgan. Komissiyaning vakolatlari JSSTga a'zo davlatlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi.

Komissiya ilk oraliq hisobotini JSSTga kiruvchi davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining noyabrda o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuviga tayyorlaydi va taqdim qiladi.

“Bu shunchaki “galochka” qo‘yish va so‘ngra javonga chang bosib yotish uchun qo‘yiladigan standart hisobot bo‘lmaydi. Biz bunga o‘ta jiddiy qaramoqdamiz”, deb ishontirgan Gebreyyesus.

Ma'lumki, JSSTning pandemiyaning dastlabki bosqichidagi faoliyati jiddiy tanqidga uchrab keladi. 7 iyulda AQShning JSSTdan chiqishini e'lon qilgan prezident Donald Tramp xalqaro tashkilot pandemiya borasida virus tarqalishi boshlangan Xitoyga nisbatan “o‘ta do‘stona” munosabatda bo‘lganini aytib keladi. JSST esa bu tanqidni rad etmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: