Gashishni pullash «operatsiya»si barbod bo‘ldi

Jamiyat 11:13 / 10.07.2020 3140

Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida,  fuqaro K.S. og‘irligi 570 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 3500 AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, fuqaro K.S.ning yashash xonadonida ham 10 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: