Rossiyada chiqindi yig‘ib yurgan Islombekning onasiga aliment pullari undirib berildi 

Jamiyat 00:21 / 08.07.2020 12329

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 23.12.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B. S.dan undiruvchi Jalolova Shahnozaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi tuman bo‘limiga 28.12.2019 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, javob xatlari olinganda qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklari aniqlanmagan.

Ijro harakatlari davomida, 13.03.2020 yilda qarzdordan 340 ming so‘m undirilgan. 

Ijro ishidagi hujjatlarga ko‘ra, qarzdor alimentni o‘z vaqtida to‘lashi haqida, to‘lamagan taqdirda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilib kelingan. 

Biroq qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan 15.06.2020 yilda aliment qarzini hisoblash to‘g‘risida qaror chiqarilgan va qarzdorlik 29.12.2019 yildan to 15.06.2020 yilga qadar 5.270.808 so‘m hisoblangan. 

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 22.06.2020 yilda qarzdor B. S. dan undirilmay qolgan 4.930.808 so‘m aliment pullari to‘liq undirildi. 

Jalolova Shahnoza joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekistonga uchib kelgandan so‘ng 14 kunlik karantinga olingan. 06.07.2020 yilga o‘z uyiga qaytganidan so‘ng, 7.07.2020 yilda aliment pullari undiruvchiga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: