O‘zbekistonda 10 iyuldan buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi

O‘zbekiston 12:53 / 08.07.2020 58544

Respublika maxsus komissiyasining yangi talablari e'lon qilindi. Unga ko‘ra, 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar O‘zbekiston miqyosida quyidagi obektlar faoliyati to‘xtatildi:

  • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
  • sport zallari, fitnes klub, trenajyer va basseynlar;
  • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
  • umumiy ovqatlanish obektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda umumiy ovqatlanish obektlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: