Yuzlab yirik kompaniyalar Facebook’ka boykot e'lon qildi. Sabab?

Jahon 15:10 / 07.07.2020 19934

Xususan, The North Face, REI, Patagonia, Verizon, Hershey, Honda America, Starbucks, Lego, Levi’s va hatto Coca-Cola ham bu tarmoqda reklama mahsuloti joylashtirishdan bosh tortmoqda. Bunda Coca-Cola nafaqat Facebook va Instagram, balki Twitter, YouTube kabi platformalarda ham reklama xarid qilmasligini bildirdi

Volkswagen Group of America esa, o‘z bayonotida, “reklama bo‘yicha hamkorlarimiz bizning qadriyatlarimizni aks ettirishini kutayapmiz”, deya ta'kidladi. 

Qayd etish o‘rinliki, Amerikaning qator huquqni himoya qilish tashkilotlari mamlakat biznes hamjamiyatlariga alohida chaqiruv bilan chiqqan edi. 

Vloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyi oxirida Tsukerberg boykot tufayli 7,2 mlrd dollari yo‘qotgan. Gap, Facebook rahbarining arzonlashgan aksiyalar sababli aktivlar qiymati pasayishi haqida bormoqda. 

Shu bilan birga, barcha kompaniyalar ham boykotga qo‘shilmoqda, deyish noo‘rin. 

CNN tahlilchilari aniqlashicha, platformada reklama beruvchi 100ta eng yirik kompaniyalarning ayrimlari shartnomani bekor qilmagan. Ular orasida Walmart, American Express, Netflix, Domino's va boshqalar ham bor. 

Facebook moliyaviy hisobotlariga ko‘ra, platformaning 2019 yilgi reklama daromadi 70 mlrd dollarga yaqinni tashkil etgan, bu 2018 yil bilan qiyoslaganda 27 foizga ko‘p demakdir. Bunda, uning asosiy mijozlari kichik va o‘rta biznes hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: