Xitoyda ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus suv omboriga quladi

Jahon 14:22 / 07.07.2020 6027

Xitoyning Guychjou provinsiyasida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus suv omboriga qulab tushdi. Bu haqda provinsiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Avtobusdagi yo‘lovchilar va jabrlanganlar soni haqida hozircha ma'lumot berilmagan.

Xabar qilinishicha, avtobus noma'lum sababga ko‘ra yonboshga ag‘darilib, yo‘l chetidagi to‘siqlarni sindirgan va Anshun shahridagi suv omboriga qulab tushgan.

Guychjou provinsiyasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasining bildirishicha, voqea joyida 100ga yaqin qutqaruvchilar, jumladan 17 nafar g‘avvos ish olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: