Bolgariyada bir futbolchidan olingan test xato chiqishi 19 futbolchi kasallikka chalinishiga sabab bo‘ldi

Sport 15:22 / 07.07.2020 4404

«Tsarsko selo» klubi futbolchisi Martin Kavdanskidan koronavirusga olingan testning xato chiqishi ko‘plab futbolchilarning kasallik yuqtirib olishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Sporstar nashri xabar bermoqda.  

O‘zaro uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tdi va unda «Cherno more» jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan oldin «Tsarsko selo» himoyachisi Martin Kavdanski koronavirusga topshirgan test salbiy chiqqan, deb yozadi Sporstar.

O‘yinchi uchrashuvga qo‘yilgan va boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan. O‘yindan so‘ng «Tsarsko selo» futbolchilari test topshirgan va uch nafar o‘yinchi: Ivaylo Ivanov, Iliya Jamov va Kiril Troxarovda COVID-19 aniqlangan.

 «Cherno more» klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘yindan so‘ng jami 16 futbolchining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.

Kavdanski test topshirgan laboratoriya uning kasallikka chalinganini ma'lum qilib, o‘z xatosini tan oldi. Xabar qilinishicha, «Tsarsko selo» prezidenti Stoyne Manolovning COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: