Rossiyada 16 yoshli futbolchini mashg‘ulot vaqtida yashin urdi

Sport 20:07 / 06.07.2020 10814

Tez yordam 8 daqiqada yetib borgan. Ungacha jamoa shifokorlari futbolchiga birinchi yordamni ko‘rsatishgan va shifokorlarning aytishicha, shu sabab Zaborovskiy omon qolgan. Yashin urgach, darvozabon nafas ololmay qolgan.

«Mashg‘ulot vaqtida osmonda bo‘ron xavfi yo‘q edi, aks holda biz mashg‘ulot o‘tkazmagan bo‘lardik. Havo bulutli edi, ammo yomg‘ir ham, shamol ham yo‘q edi», deydi TASS muxbiri bilan suhbatda klub bosh direktori Igor Mayorov.

Shu o‘rinda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining yashin vaqtidagi tavsiyalari haqida. Rossiyada bunday vaqtda har qanday sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Shuningdek, odamlarga temir jismlardan 20-30 metr uzoqda bo‘lish, uyda bo‘lganda derazaga yaqinlashmaslik va elektr jihozlarga teginmaslik tavsiya qilingan. Ko‘chada bo‘lgan odamlar imkon bo‘lsa mashinada yashirinishi xavfsiz ekani aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: