Onlayn hujjat topshirgan abituriyent qabul muddati tugagunga qadar ma’lumotlarini tahrirlashi mumkin – DTM

Jamiyat 16:33 / 06.07.2020 3911

AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov qabul masalalariga oid yangiliklarni ma’lum qildi.

DTM vakilining ma’lum qilishicha, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati yakunlangunga qadar, ya’ni 20 iyulgacha o‘zlari kiritgan ma’lumotlarni tahrirlash imkoniga ega.

«Bunda abituriyent doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishi mumkin. Lekin joriy yilgi bitiruvchilarning tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlari tegishli vazirliklardan, ya’ni, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ma’lumotlari Xalq ta’limi vazirligidan, akademik litsey va kasb-hunar-kollejlari bitiruvchilarining ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olinmoqda.

Shuning uchun joriy yilgi bitiruvchilar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim muassasalariga oid ma’lumotlarni o‘zgartira olmaydi», dedi Diyorbek Qo‘chqorov.

Ta’kidlanishicha, IELTS yoki boshqa chet tillari bo‘yicha turli xalqaro sertifikatlarga ham onlayn hujjat topshirganidan keyin ega bo‘lgan abituriyentlar ularni qabul muddati tugagunga qadar yuklashi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: