Fransiya 5G tarmog‘ini barpo qilishda Huawei ishtirokidan voz kechmaydi

Fan-texnika 11:21 / 06.07.2020 5492

Fransiya hududida beshinchi avlod (5G) mobil aloqa tizimini barpo qilishda Xitoyning Huawei kompaniyasi texnologiyalaridan batamom voz kechilmaydi. Bu haqda mamlakatning Axborot tizimlari xavfsizligi milliy agentligi (ANSSI) rahbari Giyom Pupar Les Echos nashriga bergan intervyusida shunday bayonot berdi

“Ayni chog‘da biz operatorlarning yirik shaharlar uchun ruxsat so‘ragan xatlarini oldik. Biroq, men shuni ayta olamanki, to‘liq taqiq bo‘lmaydi”, - degan Pupar nashrning shu mazmundagi savoliga javoban. “Hozirda Huawei texnologiyalaridan foydalanmaydigan mobil operatorlarga bunda ishtirok etmaslikni maslahat beramiz. Undan foydalanayotgan kompaniyalarga esa, 3 yildan 8 yilgacha muddatda nazarda tutuvchi ruxsatnomalarni yuboramiz”, - degan agentlik rahbari.  

5 iyul kuni The Sunday Telegraph nashri yozganidek, Buyuk Britaniya hukumati yarim yildan so‘ng, qirollikda 5G tarmog‘ini barpo qilishda Huawei kompaniyasining xizmatlaridan voz kechishga qaror qilgan. Nashrga ko‘ra, Britaniya hukumat aloqa markazi Huawei texnologiyalaridan foydalanish xatariga doir baholarini qayta ko‘rib chiqqan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya rahbariyatini Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik mamlakat xavfsizligiga tahdid ekanligidan ogohlantirgan edi. Bundan tashqari, Amerika tomoni Britaniya aloqa infratuzilmasida Huawei uskunalaridan foydalanish Five Eyes ayg‘oqchilik kelishuvi doirasida axborot almashinuvini qiyinlashtirishini bildirgan. 

Huawei korporatsiyasi 1987 yilda tashkil topgan. Uning telekommunikatsion qurilmalari va xizmatlari dunyoning 170dan ortiq mamlakatida mavjud. 

Ko‘proq yangiliklar: