Ennio Morrikone vafot etdi

Jamiyat 12:36 / 06.07.2020 6905

Shifoxonaga u bir necha kun oldin bel qismidagi jarohat tashxisi bilan yotqizilgandi.

Oila a'zolari kompozitorning dafn marosimi ixcham o‘tkazilishini  ma'lum qilishgan.

«U tong mahali, rafiqasi va farzandlari yonida jon berdi, so‘nggi lahzalargacha aqlini tanib turdi», deyilgan xabarda.

Ennio Morrikone 1928 yilning 10 noyabrida Rimda tug‘ilgan. U Santa-Sesiliya konservatoriyasini tamomlagan.

Kinolar uchun musiqalar yozish va aranjirovka qilishni 33 yoshidan keyin boshlagan. Hayoti davomida u 400dan ortiq filmlar va seriallar uchun ishlagan, shuningdek, yuzdan ortiq klassik musiqa asarlari yaratgan. U «Bir kuni Amerikada», «Professional», «Daxlsiz», «Yaxshi, yomon, yovuz», «Ozod Jango», «Jirkanch sakkizlik» va boshqa ko‘plab kartinalarga musiqa yozgan.

Morrikone ikki marta «Oskar» olgan - «Jirkanch sakkizlik» filmi musiqasi va kinosan'atga qo‘shgan hissasi uchun. U uch marta «Oltin globus» laureati bo‘lgan, shuningdek, olti marta - BAFTA mukofoti laureati, to‘qqiz marta Italiyadagi «David di Donatello» milliy kinomukofoti laureati bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: