220volt.uz – maishiy texnika, elektrojihozlar va uskunalarni onlayn xarid qiling, mahsulotni olgach, to‘lovni amalga oshiring

Jamiyat 17:00 / 06.07.2020 14523

220volt.uz internet do‘koni manfaatli takliflarni taqdim etadi: 7000dan ziyod turdagi mahsulot assortimenti, hamyonbop narxlar, mahsulotni olgach to‘lov qilish imkoniyati, buyurtmani qisqa muddat ichida rasmiylashtirish, Toshkent shahri bo‘yicha bepul yetkazib berish xizmati, 4 yilgacha kafolat va boshqalar.

Yaqin vaqtgacha O‘zbekistonda  elektrojihozlar, kabel mahsulotlari, yoritish moslamalari, elektronika xaridini amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirardi. Bularni faqat bozorda topish mumkin, ammo bozorga borish oson jarayon emas – xaridlar ro‘yxatini tuzish, ishlarni bir chekkaga surib, bir necha soat vaqt ajratish kerak. Agar mahsulot yirik bo‘lsa, uni uyga olib ketish haqida ham bosh qotirish kerak. Hozir esa bularning barchasi oson – 220volt.uz internet do‘koni saytiga kirish va kerakli mahsulotga buyurtma berish kifoya.

220volt.uz bu – qulaylik degani

Saytda qulay navigatsiya va mahsulotlarning batafsil tavsifi borligi mijozga qulaylik yaratadi. O‘zingizni qiziqtirayotgan mahsulotni topish uchun tegishli bo‘limga kiring yoki “Qidiruv” bo‘limiga mahsulot kategoriyasini kiriting. Kerakli mahsulotni tanlashda qiynalsangiz, koll-markazga bog‘lanib, mutaxassis tavsiyalaridan foydalanishingiz mumkin: +998 78 1137070

Qiyinchiliklar haqida gap bo‘lishi mumkin emas: buyurtma Toshkent shahri bo‘yicha mahsulot miqdoridan qat'iy nazar bepul yetkazib beriladi. Respublika bo‘yicha yetkazib berish haqi kelishuv asosida amalga oshiriladi. Buyurtma maksimal qisqa muddatda va bus-butun holatda yetib borishi kafolatlanadi. Toshkent shahri ichida buyurtmaning 1 kun ichida yetkazib berilishi esa mahsulot shoshilinch bo‘lganda, sovg‘a tanlaganda qo‘l keladi.

Mahsulot to‘g‘ri kelmasa-chi? 220volt.uz internet do‘konida mahsulotni boshqasiga almashtirish yoki to‘lov mablag‘ini qaytarib olish mumkin. Zarurat tug‘ilganda mahsulotni qanday ishlatish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi – buning uchun sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanish kifoya.

220volt.uz bu – keng qamrov degani

Saytimizdagi mahsulotlar assortimentini ko‘rdingizmi? Turli ishlab chiqaruvchilardan 7000dan ziyod mahsulot majvud.

Internet-do‘konda mahsulotlar assortimenti doimiy ravishda kengayib, yangilanib boradi:

220volt.uz internet do‘koni ishonchli va sinalgan xalqaro brendlar (HP, Hotpoint Ariston, Hoffman, Zanussi va boshqalar) bilan hamkorlik qilishi bilan birga, narxlari hamyonbop, keng omma uchun qulay bo‘lgan assortimentga ega ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini ham taqdim etadi.

220volt.uz bu – manfaat degani

Do‘kon narxlarning hamyonbopligi borasida bozor bilan bemalol raqobatlasha oladi. Toshkent shahri bo‘yicha istalgan buyurtma – u oddiy stol lampasi yoki ikki kamerali sovitkich bo‘lishidan qat'iy nazar, bepul yetkazib beriladi. Internet-do‘kon saytiga tashrif buyurib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin! Buyurtma uchun to‘lovni onlayn tarzda yoki mahsulotni olgandan so‘ng o‘z joyida amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Elektrouskunalar, klimatik texnika, barcha maishiy texnikalarga kafolat mavjud – ishlab chiqaruvchidan kelib chiqqan holda mahsulotning hech bir muammosiz ishlashiga 1 yildan 4 yilgacha kafolat beriladi. Mahsulotga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha kafolat muddati davrida ham, muddat tugagandan keyin ham 220volt.uz kompaniyasiga murojaat qilish mumkin.

Doimiy aksiyalar, yutuqli o‘yinlar va yoqimli sovg‘alar xaridorlarga muntazir. Biz 220volt.uz internet-do‘konini tanlaganingizni qadrlaymiz. Sizning manfaatlaringiz va qulayligingiz uchun harakat qilamiz.

Xarid uchun: 220volt.uz

Savollar uchun koll-markaz: +998 78 1137070

Yangiliklar va foydali tavsiyalarni kuzatib borish uchun:

Instagram: @220.volt.uz

Facebook: fb.com/220volt.uz

Telegram: t.me/tg220voltuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: