Navoiy ko‘chasining O‘rdadan Chorsugacha bo‘lgan qismi ta'mirlanmoqda

Jamiyat 21:56 / 05.07.2020 3978

Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu jarayonda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.

«Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini tavsiya qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», – deyiladi rasmiy bildirishda.

Ma'lumot uchun, shu kunlarda Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda ham ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlar 22 iyulga qadar davom etishi xabar qilingan.

Shuningdek, Chilonzor tumanidagi Chilonzor ko‘chasining bir qismi 24 iyulgacha yopilgan.

Ko‘proq yangiliklar: