Xabar qilinishicha, 6 iyul kuni soat 08:00 ga qadar Alisher Navoiy ko‘chasining Labzak ko‘chasidan Saqichmon ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi yo‘lda ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.
Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilgan.