Joriy yilning 2 iyul kuni soat 12:00da Toshkent shahar Uchtepa tumani Xondamir ko‘chasida «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi 38 yoshli Z.N. piyodani urib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida 2 yoshli S.X. tan shikastlari olib, oqibatda shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
YTHning taxminiy sababi: haydovchi to‘satdan yo‘lga chiqib olgan bolani ko‘rmay qolgan. Bola qarovsiz qoldirilgan, YTH joyi – mahallaning ichi, deyiladi xabarda.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang.
Hurmatli haydovchilar! Kvartallar ichidan harakatlanayotganda ehtiyot bo‘ling. Yo‘lingizga to‘satdan bola yugurib chiqishi mumkin”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.