Samarqandda «Selxoz»ga kiritib qo‘yaman deb 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Jamiyat 16:48 / 04.07.2020 7924

2020 yil 1 iyul kuni Samarqand viloyat IIBga 1995 yil tug‘ilgan B.B. ariza bilan murojaat qilib, o‘zini Veterinariya instituti o‘qituvchisi deb tanishtirgan J. ismli shaxs Samarqand Veterinariya institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritish evaziga 5 ming AQSh dollari mikdorida pul so‘raganini aytib, J. ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 2 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1983 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan X.J. ariza muallifidan 5 ming AQSh dollari miqdorida pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ariza muallifi B.B. qo‘lga olingan shaxsdan uni o‘qishga kiritishni so‘ragani yoki J.ning o‘zi unga o‘qishga kiritishni taklif qilganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, oldinroq SamDU va SamDQIga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan shaxslar ushlangandi .

Ko‘proq yangiliklar: