Rivojlangan sari yaqinroqmiz: Havas’ning 60-diskaunteri ochildi

Jamiyat 11:00 / 04.07.2020 8716

Havas’ning 60-diskaunteri Yangiyo‘l shahri, Toshkent ko‘chasi, 28-uy manzili bo‘yicha ochildi. Yangi do‘kon Sizga shinamlik baxsh etishga va yoqimli narxlar bilan quvontirishga tayyor.

Havas diskaunterlar tarmog‘i xalqimizga qulaylik baxsh etish, uzog‘ini yaqin qilish va zaruriy mahsulotlarni hamyonbop narxlarda taqdim etish maqsadida yaratilgan. Havas diskaunterlari nafaqat mablag‘ingizni, balki vaqtingizni ham tejaydi.

Endilikda bo‘sh vaqtingizni uzoqda joylashgan do‘konlarga yo‘l olishga yoki narxlarni taqqoslashga sarflashning hojati yo‘q. Uyingiz yaqinida joylashgan Havas diskaunterlaridan foydalaning va bo‘sh vaqtingizni yaqinlaringiz davrasida o‘tkazing yoki sevimli mashg‘ulotlaringizga bag‘ishlang.

“Yumshoq” formatdagi diskaunter bu nima?

Aytish lozimki, Havas o‘zida shinamlik va hamyonbop narxlarni mujassamlashtirgan “yumshoq” diskaunterlar turiga kiradi. “Yumshoq” diskaunter nima degani? Diskaunter so‘zi ingliz tilidagi discount so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tiliga chegirma deb tarjima qilinadi. “Yumshoq” formatdagi diskaunterlarda mehnat jarayonlari va ishchilar soni yuksak darajada optimallashtirilgan, ammo har bir xodim yuqori malakaga ega universal mutaxassisdir. Shu sababli bu turdagi do‘konlarda iste'molchilarga doimo to‘g‘ri xizmat ko‘rsatiladi.

Alohida aytish lozimki, yumshoq” diskaunterlarda merchandayzingga alohida e'tibor qaratilgan. Tokchadagi mahsulotlar iste'molchilar uchun maksimal darajada qulay joylashtirilgan, zarur mahsulotlarni topish esa qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Mehnat resurslari va moddiy resurslarning optimal taqsimlanishi narxlarni maksimal darajada pasaytirishga hamda mahsulotlar sifatiga alohida e'tibor qaratishga imkon yaratadi.

Ta'kidlash lozimki, diskaunterlarda sotiluvchi mahsulotlarning sifat darajasi sinchiklab tekshiriladi va yaroqsiz mahsulotlarning tokchalarda paydo bo‘lishi ehtimoli deyarli butunlay bartaraf etiladi.

Mehnat jarayonlarini optimallashtirish sifatli mahsulotlarni hamyonbop narxlarda sotish imkonini yaratadi. Bu esa har bir iste'molchi uchun juda muhim.

60-do‘kon - bu hali boshlanishi. Havas jamoasi jadal sur'atlarda muntazam rivojlanmoqda va yangi ufqlarni zabt etishni davom ettirmoqda. Yurtimiz aholisi o‘z uyi yaqinida yoqimli narxlarda mahsulot xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun Havas diskaunterlarining soni muntazam oshib bormoqda.

Havas diskaunterlari Sizga qulaylik bag‘ishlashdan doimo mamnun. Havas – barcha zaruriy mahsulotlar uyingiz yaqinida.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: