Pokiston tashqi ishlar vaziri koronavirusga chalindi 

Jahon 00:14 / 04.07.2020 3813

Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda uning o‘zi ma'lum qilgan.

“Bugun kunduzi haroratim biroz oshishini his qildim va darhol uyimda karatinni boshladim. Menda koronavirusga musbat tahlil chiqdi. Alloh inoyati ila o‘zimni kuchli va g‘ayratli his qilmoqdaman. Men uyimdan o‘z majburiyatlarimni bajarishni davom ettiraman. Iltimos, haqqimga duo qiling”, deb yozgan vazir Twitter’da.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Pokistonda koronavirusga chalinganlar soni 223 mingdan, undan vafot etganlar soni 4,5 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Avvalroq koronavirus Pokiston milliy yig‘ini spikeri Asad Qaysarda, Sind viloyati gubernatori Imron Ismoilda, Pokiston xalq partiyasi yetakchisi Said G‘anida va temir yo‘llar vaziri Shayh Rashidda aniqlangandi. Ularning barchasi sog‘ayib ketgan. 

Shu bilan birga, bir qator pokistonlik siyosatchilar, jumladan Balujiston viloyatining sobiq gubernatori Said Fozil Og‘a va Sind viloyatining aholi punktlari bo‘yicha vaziri G‘ulom Murtazo Baluh koronavirus sababli vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: