Tergov departamenti Asakada sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha ma'lumot berdi

Jamiyat 09:22 / 03.07.2020 10810

2020 yilning 22 iyun kuni soat 10:00da 25 yoshli S.N. Andijon viloyati Asaka tumani Beruniy MFY hududida joylashgan “Sulton Saroy” kafesi oldida tanishi 25 yoshli D.O.ga tanish qizga nima uchun qo‘ng‘iroq qilganligini so‘rab, u bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal vaqtida S.N. yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan D.O.ning o‘ng orqa ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat Asaka tumani IIBning jinoyat haqidagi hodisa va xabarlar ro‘yxatidan o‘tkazilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi a'zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.N.dan bir dona xo‘jalik pichog‘i hamda D.O.ning hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Sudga oid ekspertiza xulosasiga ko‘ra, D.O. «o‘rtacha» og‘ir turdagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) qo‘llash bilan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: