Rossiyaliklarning aksariyati konstitutsiyaga tuzatmalarni qo‘llab-quvvatladi 

Jahon 09:25 / 02.07.2020 10341

Ta'kidlanishicha, konstitutsiyaga tuzatmalarga ovoz beruvchilarning 21,16 foizi qarshi chiqqan. Ovoz berishdagi ishtirok 65 foizni tashkil qilgan

Checheniston, Dog‘iston va Tivada tuzatmalarni ovoz beruvchilarning 90 foizdan ko‘prog‘i qo‘llab-quvvatlagan. Nenets avtonom okrugi ovoz beruvchilarning ko‘pchiligi (54 foizga yaqini) tuzatmalarga qarshi ovoz bergan yagona region bo‘lgan.

Rossiyaliklar tuzatmalar uchun 25 iyundan 1 iyulgacha ovoz bera olishgan.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilovaning ta'kidlashicha, ovoz berish davrida jiddiy qoidabuzarliklar qayd qilinmagan.

Qonunga ko‘ra, tuzatmalar kuchga kirishi uchun ularni ovoz beruvchilarning yarmidan ko‘prog‘i qo‘llab-quvvatlashi kerak. 

Tuzatmalar orasida Rossiya prezident Vladimir Putinga prezident lavozimiga yana nomzodini ilgari surishga va hokimiyat tepasida 2036 yilgacha qolish imkonini beruvchi tuzatma ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: