Qozog‘istonda 5 iyuldan qat'iy karantin choralari joriy etiladi

Jahon 15:33 / 02.07.2020 23872

Qozog‘istonda  COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payganligi sababli 5 iyuldan 14 kunlik karantin cheklov choralari joriy etiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklovlar doirasida Qozog‘istonda ikki hafta davomida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi va odamlarning harakatlanishi cheklanadi. Xususan, uch nafardan ortiq odam birgalikda ko‘cha va xiyobonlarda yurishi mumkin emas, yoshi 65dan oshganlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

Go‘zallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha ta'lim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator obektlar faoliyati to‘xtatiladi.

Davlat organlari, idoralar, kompaniya va tashkilotlarda ijtimoiy masofa saqlanishi talab qilinadi.

Tibbiyot markazlari, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlari va ochiq bozorlar ishlashda davom etadi.

Karantin cheklovlari zaruriyat tug‘ilsa uzaytirilishi yoki yanada qat'iylashtirilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 2 iyul holatiga koronavirus infeksiyasi yuqtirish bilan  bog‘liq 42,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 188 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: