Qashqadaryodan Toshkentga olib kelinayotgan 800 kg mol go‘shti iste'molga yaroqsiz deb topilib yo‘q qilindi – IIV

Jamiyat 19:56 / 30.06.2020 10773

«Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Post-patrul xizmati va JTSB Karantin bo‘linmasi, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan 29 iyun kuni tungi soat 1.10larda Chiroqchi tuman hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Neksiya-1» avtomashinasining saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganida 35 ta qog‘oz qutida suyaksiz hamda ochiq holatda avtomashina yukxonasiga joylangan suyakli go‘sht borligi aniqlandi.

Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan hech qanday veterinariya ma'lumotnomalari bo‘lmagan, kelib chiqishi noma'lum ushbu go‘shtdan namunalar olib tekshirildi. Tuman ekspertiza laboratoriyasining 30 iyun kungi xulosasiga asosan jami 800 kg og‘irlikdagi mol go‘shti iste'molga yaroqsiz deb topilib, tegishliligicha yo‘q qilindi» dedi IIV axborot xizmati mas'ul xodimi Sayfiddin To‘raxo‘jayev.

Ko‘proq yangiliklar: