Mobiuz maxsus Internet-tarifni ishga tushirdi

Fan-texnika 17:11 / 30.06.2020 53457

Mobiuz'ning «Gap Yoq» tarif rejasi mobil aloqaga mablag‘larni tejagan holda virtual olamda “sayohat” qilishga ko‘mak beradi.

Ko‘proq suhbat, ko‘proq bilimlar, zamonaviy onlayn texnologiyalardan foydalanish uchun ko‘proq imkoniyatlar – bularning barchasi «Gap Yo‘q» tarifini tanlab, Mobiuz abonentiga aylangan abonentlarga muhayyo bo‘ladi. Kompaniya uni 30 iyun – O‘zbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan ishga tushirdi.

Internet foydalanuvchilari talab va istaklaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan tarif narxi va taklif qilinayotgan megabaytlari bo‘yicha raqobatbardoshdir. «Gap Yo‘q» tarifi bo‘yicha Mobiuz oyiga atigi 35 ming so‘mga 8000 MB mobil Internet taqdim etilmoqda.

Mahsulot shartlariga daqiqa yoki SMS-xabarlar kiritilmagan bo‘lsa-da, yoqimli bonus mavjud – O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi, bitta SMS-xabar, limitdan oshgan har bir megabayt atigi 12 so‘mdan narxlanadi.

Lekin bunisi ham hammasi emas. Tarif rejasi qolgan ko‘plab tariflar singari oyning birinchi sanasiga bog‘lanmagan. Ya'ni «Gap Yo‘q» tarifiga ulanilgan yoki o‘tilgandan keyinoq 8000 MB taqdim etiladi va 35 ming so‘m to‘laligicha yechiladi.

Masalan, abonent 11 iyul kuni unga ulandi. O‘sha ondayoq u 35 ming so‘mga 8000 MBga ega bo‘ladi. Kelasi oylarning har 11-sanasida abonent to‘lovi to‘lanishi kerak bo‘ladi.

Lekin abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa-chi (35 mingdan kamroq)? Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Mobiuz bunday holatlarni ham nazarda tutdi. Agar mablag‘ yetmayotgan bo‘lsa, abonent to‘lovini yechib olish tartibi kunlikka o‘tadi va kuniga 1750 so‘m yechila boshlaydi. Internet-trafik ham xuddi shunday tartibda (kuniga 267 MB) taqdim etiladi. Abonent mablag‘ini yetarlicha summaga (35 ming so‘mga) to‘ldirganidan keyin tarif yana oylik tartibga qaytadi.

“Mobiuz ko‘plab mahsulot va xizmatlarni taqdim etadi, bu esa abonentlarda tanlov kengligini anglatadi. Endi Internetdan faol foydalanadigan insonlar «Gap Yo‘q» tarif rejamizga ulanishlari mumkin. Uning maqsadli auditoriyasi – oddiylik va qulaylikni xush ko‘ruvchi yoshlardir. Tarifda nafaqat Internet narxlari raqobatbardosh, balki qo‘ng‘iroqlar ham o‘ta qulay narxlarda. Xususan, 500 daqiqa suhbatlashgan abonent atigi 6 ming so‘m to‘laydi”, - deydi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

«Gap Yo‘q» tarifiga kompaniya ofislarida hamda tijorat vakillarining savdo shoxobchalarida ulanish mumkin. Mobiuz’ning boshqa tariflaridan o‘tish kodi – *111*100#.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: