Olingan tasvirlardan ham ko‘rish mumkinki, Qo‘shko‘pir tumanining aholi zich joylashgan aholi punktlariga olib boruvchi serqatnov yo‘l juda abgor holatda. Bir necha kilometrga cho‘zilgan yo‘l o‘n yillar ichida ta'mirlanmagani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Transport vositalari haydovchilari yo‘l chetiga chiqib harakatlanishga majbur bo‘lishmoqda.
Bu esa yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari hayotiga xavf tug‘dirmoqda. Mahalliy aholi mutasaddilarning muammoga e'tibor qaratishidan umidvor.