«Asaka» bank «Yosh matematik» stipendiyasi g‘olibini taqdirladi

Jamiyat 14:00 / 30.06.2020 5178

«Asaka» bank O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 31 yanvar kuni ilm-fanni rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy Bank o‘rtasida imzolangan «yo‘l xaritasi»ga binoan «Yosh matematik» stipendiyasini ta'sis etgandi.

Bundan maqsad matematika yo‘nalishidagi qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, bilimini yuksaltirish, intellektual rivojlantirish hamda munosib taqdirlashdir.

«Yosh matematik» stipendiyasi g‘olibi har yili 30 iyun – «Yoshlar kuni» arafasida aniqlanadi, ilk g‘olib matematika yo‘nalishida ko‘plab xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakulteti talabasi Tolibjon Ismoilov bo‘ldi.

1999 yil Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug‘ilgan Tolibjon 2018-2019 o‘quv yilida O‘zMU hamda Qori-Niyozov stipendiyalarining sohibi bo‘lgandi. 2018-yil Urganch shahrida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy Xalqaro Matematika Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida universitet talabalari o‘rtasidagi 5-NCUMC olimpiadasida I darajali diplom(oltin medal), Respublika universitet talabalari o‘rtasidagi IV Qori-Niyozov olimpiadasida 1-o‘rin; Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida bo‘lib o‘tgan universitet talabalari o‘rtasidagi 25-Xalqaro Matematika Olimpiadasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Milliy Universitetda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘olibga «Yosh matematik» stipendiyasining sohibi guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

«Asaka» bank Tolibjon Ismoilov singari iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor. Aziz yoshlar, siz ham nufuzli «Yosh matematik» stipediyasining sohibi bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun a'lo o‘qish bilan birga yaratuvchanlik qobiliyatingizni shakllantiring va doim bilimingizni oshirib boring. Albatta yutuqqa erishasiz.

«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

«Asaka» bank Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: