Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining 5-sinfi uchun hujjatlar shu yilning 1–31-iyul kunlari, maktab-internatlarning 7-sinfi uchun esa 1–20-iyul kunlari qabul qilinadi.
Pandemiya sharoitini inobatga olib, ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarida hujjatlarni onlayn qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari (saralash tanlovi) natijalari asosida qabul qilinadi. Ushbu maktablarga o‘quvchilar qabuli bo‘yicha tanlovlar avgust oyida oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
XTV karantin cheklovlari sababli saralash tanlovlarini o‘tkazish muddati o‘zgartirilishi mumkinligini eslatgan.
Ma'lum qilinishicha, nomzodlar quyidagi hujjatlar taqdim etishadi:
– ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasi direktori nomiga ariza;
– tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
– tibbiy ma'lumotnoma;
– 3 x 4 hajmdagi 4 ta fotosurat.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.