Polkovnik Abdullayev Alisher Allambergenovich IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tayinlovga qadar Alisher Abdullayev IIV Akademiyasi boshlig‘ining moliya va moddiy-texnika ta'minoti bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, podpolkovnik Ortiqboyev Fayzulla Qosimovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Fayzulla Ortiqboyev IIV Kadrlar bosh boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.