Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi

Jamiyat 20:45 / 28.06.2020 45577

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, hokimlik vakili tadbirkorga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish evaziga 1,4 million AQSh dollari so‘ragan.

Ma'lum qilinishicha, davlat xizmatchisi 25 iyun kuni DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu haqda rasmiy ma'lumot berilganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Toshkent viloyatidagi tumanlardan birining hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingani ma'lum bo‘lgan edi. Ushbu holatda ham mansabdor shaxsning shaxsi va aniq ish joyi ochiqlanmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: