Paxta-to‘qimachilik klasterlari huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi

Jamiyat 08:02 / 27.06.2020 2768

21 klaster huzurida tashkil etiladigan bunday markazlar paxtachilikda innovatsiyalar va ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish bilan shug‘ullanadi, bu Vazirlar Mahkamasining 22.06.2020 yildagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 397-son qarorida belgilangan.
 
Ilmiy markazlarning faoliyati oliy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda paxtachilikdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, ilm-fan yangiliklari va resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali yerlardan samarali foydalanish va mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
 
Norma’ning yozishicha, qaror bilan klasterlar ro‘yxati tasdiqlangan, 2023 yilga qadar respublika viloyatlari kesimidagi klasterlar huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi.
 
Innovatsion rivojlanish vazirligiga uch oy muddatda ilmiy markazlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan oliy ta'lim va ilmiy muassasalar tomonidan shakllantiriladigan mavzular doirasida 2021 yil uchun maqsadli tanlovlar e'lon qilish hamda belgilangan tartibda ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rish topshirildi.
 
Hujjat 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: