La Liga. Rakitichning goli «Barselona»ni yana peshqadamga aylantirdi

Sport 03:02 / 24.06.2020 6183

Ispaniya La Ligasi 31-turi doirasida «Barselona» «Kamp Nou»da Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 64-daqiqasida Buskets o‘rniga maydonga tushgan Ivan Rakitich 7 daqiqa o‘tib hisobni ochdi. Jarima maydoni ichida Messidan to‘pni qabul qilib olgan xorvatiyalik yarimhimoyachi Unai Simon darvozasini nishonga oldi - 1:0.

Yakunda ushbu minimal hisob Kataloniya klubiga g‘alaba keltirdi. 31-turdan keyin ochkolari sonini 68taga yetkazgan «Barsa» hozircha yana peshqadamga aylanib oldi. 

Bungacha karvonboshchilik qilayotgan «Real» 24 iyun chorshanba kuni o‘z maydonida «Malorka»ni qabul qiladi.

La Liga. 31-tur

Barselona – Atletik 1:0

Gol: 1:0 – 71 Rakitich.
Barselona – ter Stegen, Alba, Semedu, Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 64), Vidal, Artur (Puch, 56), Suares (Breytueyt, 85), Grizmann (Fati, 65), Messi.
Atletik – Unai Simon, Balensiaga, De Markos, Yyeray Alvares, Lekue (Kapa, 69), Unai Lopes (Dani Garsiya, 57), Vesga, Kordoba (Muniain, 57), Sanset (Raul Garsiya, 78), Nunes, Uilyams (Vilyalibre, 69).

Ko‘proq yangiliklar: