«Parkent bozori» yonida yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma'lumot berildi

Jamiyat 19:17 / 23.06.2020 29971

«Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Parkent bozori yonida – Mavloniy-Niyoziy ko‘chasida transformator yonib ketgan. Ayni paytda transformator elektr tarmog‘idan uzilmoqda. Shundan so‘ng yong‘in to‘liq bartaraf etiladi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki qurbonlar yo‘q. Hodisa joyiga ikkita yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb etilgan», deya FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: