Apple o‘zi ishlab chiqaradigan kompyuterlarda Intel protsessorlaridan foydalanishdan voz kechmoqda

Fan-texnika 14:40 / 23.06.2020 3979

Apple Mac kompyuterlarida Intel protsessorlaridan foydalanishdan voz kechishga va o‘zi ishlab chiqargan chiplardan foydalanishga qaror qildi. Bu kompaniyaning Intel bilan 15 yillik hamkorligi nihoyasiga yetayotganligini anglatadi.

Apple protsessorlari bilan jihozlangan ilk Mac kompyuterlari shu yil oxirigacha chiqadi, dedi kompaniya rahbari Tim Kuk.

Apple yangi protsessorlar kompyuterlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi deb hisoblamoqda.  

Microsoft va Adobe o‘zlarining Office va Photoshop paketlarini Apple chiplariga moslashtira boshladi.

Kompaniya o‘z kompyuterlarini o‘zi ishlab chiqargan chiplar bilan jihozlaydigan yagona eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylanadi. HP, Lenovo, Dell va Asus protsessorlarni Intel korporatsiyasidan sotib oladi.

Apple  yiliga 20 mln dona Mac kompyuterlarini sotadi, bu unga 25 mlrd dollar daromad keltiradi, deb yozadi  Bloomberg.  

Ko‘proq yangiliklar: