Samarqand ko‘chalarida uch kun mobaynida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Jamiyat 16:43 / 22.06.2020 6258

Ma'lum qilinishicha, rejali tarzda o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotga IIB, Milliy gvardiya qo‘shinlari va Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari jalb etiladi.

Aholidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganini to‘g‘ri tushunishlari, vahimaga berilmasliklari, ijtimoiy tarmoqlarda asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklari so‘raladi.

Kun.uz o‘quv mashg‘ulotining o‘tish jarayonini kuzatib boradi, mashg‘ulot va ularni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadlar haqida xabar berib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: