Qashqadaryoda 50 ming so‘m tufayli yuz bergan janjal odam o‘limi bilan yakunlandi

Jamiyat 13:08 / 22.06.2020 13243

2020 yil 16 iyun kuni taxminan soat 10:20da Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Iftixor” ko‘chasida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasidagi do‘koni xodimi, fuqaro A.L. 2020 yil 27 aprel kuni “REDMI 8A” rusumli uyali telefon apparatini 1 mln. 600 ming so‘mga sotib olib, shundan to‘lanmay qolgan 250.000 so‘m qarzini berish maqsadida do‘konga kelgan E.S.dan 300.000 so‘m berishini talab qilib, u bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, A.L. do‘kon tashqarisiga chiqib, E.S.ning yuzi va bosh qismiga mushti bilan bir necha marotaba urishi natijasida u yerga bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, E.S. bosh miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining chiziqli sinishi va boshqa ko‘rinishdagi hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.L.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eslatilishicha, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: