Xabaringiz borki o‘tgan haftada Onless.uz onlayn avtomaktab platformasi taqdim etildi. Tizimda o‘quvchining qaysi darsni qachon ko‘rganligini aniqlaydigan mexanizm qo‘yilganligi ayniqsa diqqatga sazovor. Chunki o‘quvchi darsga qatnashish jarayonida “Darsga qatnashdim” tugmasini bosishi yoki uning qaysi paytda tizimga kirganini aniqlash bu onlayn ta'lim talablarini to‘liq qondira olmaydi. Sababi bunday tizimlarda o‘quvchi tizimga kirishni amalga oshirib, o‘z ishlari bilan band bo‘lsa xam, darslarga qatnashayapti deb hisoblaydi. Onless.uz'da esa bunday jiddiy kamchilik mavjud emas. Tizimdagi o‘quvchilarni darsga qatnashayotganini aniqlaydigan mexanizm, darsni to‘liq ko‘rganidan so‘ng ishlaydi va o‘quvchini darsni ko‘rgan deb avtomatik belgilaydi.
Bundan tashqari onlayn ta'limda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda (ertalab, kunduzi, kechqurun yoki yarim tunda, qisqasi 24 soat davomida) o‘qib o‘rganishi mumkin. Onless.uz aynan shu imkoniyatni to‘liq taqdim etadi.
Tizimning bir kunlik video-darslarni ko‘rish statistikasidan xam ma'lumki, 24 soat davomida o‘quvchilar darslarda aktiv ishtirok etmoqda. Istalgan vaqtda ta'lim olish esa o‘z navbatida ta'lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Tizimga o‘quvchilar asosan telefondan kirishini hisobga olgan holda, maksimum trafik tejaydigan mexanizm ishlab chiqilgan va videodarslarni 30-40 mb. gacha qisqartirilmoqda. Bu esa o‘quvchi uchun trafik bilan bog‘liq muammolarni biroz bo‘lsa-da kamaytiradi.
Onless.uz sizga va sizning avtomaktabingizdagi o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-- tizimda doimiy animatsion va vizual videodarslardan tashqari, o‘quvchini ta'lim olishga yanada qiziqtirish maqsadida mavzuga oid qiziqarli kinolar, videolavhalar ham qo‘yib boriladi
-- videodarslarni istalgan vaqtda, istalgan joydan va istalgan qurilmadan ko‘rish imkoniyati (o‘quvchi videodarsni ko‘rganini avtomaktab o‘qituvchisi kuzatib boradi)
-- tizimda to‘liq SMS xabarnoma xizmati ulangan. O‘quvchiga ma'lumotlar (login, parol va tizim manzili) sms holatda yetkaziladi.
-- tizimda har bir videodars tagida test taqdim etiladi va yechilgan testlar natijasida tizim o‘quvchini darsni o‘zlashtirish sifatini baholab boradi. Barcha darslar yakunida o‘quvchiga 50 ta testdan iborat tizim ichki imtihoni taqdim etiladi. O‘quvchi imtihon savollariga javob beradi va javob bera olmagan savollarini tizim aniqlab, ushbu testlar qaysi mavzuga aloqadorligini aniqlab, o‘sha darslarni Qayta o‘zlashtirish menyusiga chiqarib qo‘yadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchi o‘z ustida qayta ishlashi uchun qulay mexanizm.
Batafsil bu yerda: https://kun.uz/97198852
Ko‘pchilikni talab va istagiga binoan, Onless.uz onlayn ta'lim platformasiga a'zo bo‘lgan avtomaktablarga o‘qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni onlayn tarzda qabul qilishni xam boshlandi. Bunda o‘quvchi tizimga kirib o‘zi haqida ma'lumot qoldiradi, o‘ziga qulay hududdagi avtomaktabga ma'lumotlarini jo‘natadi. O‘z-o‘zidan Onless.uz tizimiga a'zo avtomaktablarga qabul soni oshadi.
Tizimdan ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan avtomaktablar va haydovchilik guvohnomasiga o‘qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilar quyidagi manzildan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://onless.uz/qabul
Batafsil ma'lumot uchun:
+998972800809 (Salohiddin)
+998919791999 (Sirojiddin)
+998906366264(Salohiddin)
Telegram orqali xabar yozish uchun:
Telegram: t.me/biznes_menejer
Telegram: t.me/Sirojiddin_Yakubov
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram: t.me/avtomaktab_online
Instagram: instagram.com/onless_uz
Facebook: facebook.com/pg/onless.uz
Reklama huquqi asosida