Turkiyada ta'lim olishni istaysizmi - Study First Academy xizmatidan foydalaning

Jamiyat 09:00 / 18.06.2020 19119

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarning oliy ta'lim olishlari uchun imkoniyatlar taqdim etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning xorijiy mamlakatlar institut-universitetlarida tahsil olishlari uchun sharoitlar barpo qilinmoqda. Ta'lim sohasidagi qator konsalting firmalari bu borada o‘z xizmatlarini taklif qilishmoqda.

Turkiyaning Study First Academy konsalting firmasi ham o‘zbekistonlik yoshlarning Turkiya oliy ta'lim muassasalarida oliy ta'lim olishlari uchun maslahatlar va imtihon jarayonini tashkil etuvchi tashkilot sifatida Toshkentda ham o‘z idorasini ochgan. Biz Turkiya oliy ta'lim tizimi, u yerda ta'lim qiymati va yashash sharoitlari xususida hamda mazkur firma aynan qanday xizmatlarni taklif etishiga qiziqib, Study First Academy ijrochi direktori O‘rhon Shixalizoda bilan suhbatlashdik.

Study First Academy qanday tashkilot?

Study First Academy 2009 yili Istanbulda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning turli davlatlaridan Turkiyada ta'lim olish istagida bo‘lganlarga ta'lim konsalting xizmatini ko‘rsatadi. Study First Academy o‘zbekistonlik yoshlarni Turkiyaga bo‘lgan qiziqishi va u yerda ta'lim olishga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli 2019 yil oktabr oyida Toshkentda o‘z ofisini ochishga qaror qildi. O‘zbekistondan Turkiya universitetlarida ta'lim olmoqchi bo‘lgan yoshlar ko‘p. Ularga Turkiyadagi oliy ta'lim muassasalari haqida to‘g‘ri ma'lumot berish lozim. Ma'lumot o‘rnida aytish kerak, Study First Academy Turkiyadagi xususiy va davlat universitetlari bilan rasmiy shartnomasi bo‘lgan yagona tashkilot hisoblanadi.

Turkiya oliy ta'lim standartlari haqida

Aytish mumkinki, Turkiya oliy ta'lim darajasi Yevropa kredit ta'lim standartlari bilan bir xil hisoblanadi. Turkiya universitetini bitirgan talabaga 2 xil, ya'ni Yevropa va Turkiya namunasidagi diplom beriladi. Turkiya oliy ta'lim sifati dunyoda yuqori pog‘onalarda turadi. Universitetlarning tarixiyligi, akademiklar, professorlar va dotsentlarning ko‘pligi jihatidan yuqori o‘rinlarda turadi. Shu bilan birga, Turkiyada chet ellik talabalarni juda yaxshi qabul qilishadi, ularga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Chet el mamlakatlarida ta'lim olishni xohlaganlar uchun Turkiya ulkan imkoniyatdir. Chunki, bu yerdagi oliy ta'lim uchun kontrakt to‘lovlari va yotoqxonalar dunyo narxlariga nisbatan ancha arzon.

Turkiyada tahsil olish uchun qancha to‘lanadi?

Turkiyadagi universitetlarda chet ellik talabalar uchun 1 yillik kontrakt to‘lovi 100 AQSh dollaridan eng ko‘pi bilan 500 dollargacha bo‘lib, bu talabaning tanlangan yo‘nalishiga qarab o‘zgarib boradi. Shundan yarmini sentabr oyida, ikkinchi yarmini yanvar oyida to‘laydi. Turkiya davlat universitetlarida bakalavr ta'lim muddati 4 yil bo‘lib, o‘qish turk tilida olib boriladi. Xususiy universitetlarda ham bakalavr ta'lim muddati 4 yil bo‘lib, tahsil jarayoni turk tili va ingliz tillarida tashkil etiladi. Shu bilan birga, xususiy universitetlarda kontrakt to‘lovlari yiliga 2500 AQSh dollaridan boshlanadi.

Study First Academy qanday xizmatni taklif etadi?

Study First Academy aynan imtihonsiz qabul uchun ta'lim konsalting xizmatini taklif etadi. Imtihonsiz qabul qilish o‘rta maktabni bitirganlik uchun beriluvchi shahodatnoma baholari asosida amalga oshiriladi. Albatta bu pullik xizmat.

 Dunyo oliy ta'lim reytinglarida turk universitetlari o‘rni

 

Alohida urg‘u berish kerak, dunyo oliy ta'lim muassasalari reytingi TOP-1000taligida Turkiyaning 20dan ortiq universitet mavjud. Ularning soni yil sayin ortib bormoqda.

Ma'lumot o‘rnida: Turkiya talabaning maktab attestati bilan oliy ta'limga kirish bo‘yicha 94.2 foizlik ko‘rsatkich bilan dunyodagi ikkinchi mamlakatdir. Har bir universitet talabalari ijtimoiy to‘garaklar, sport jamoalari va madaniy tadbirlar vositasida bir-biriga yaqinlashadi. 206 universitetdan qaysi biriga bormang, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy va qulay kampus hayotini ko‘rishingiz mumkin. 

Shu bilan birga, davlat va xususiy oliy ta'lim maskanlaridagi yotoqxonalar o‘g‘il va qiz talabalar uchun alohida tashkil etilgan. Ularning narxi talabalar soniga bog‘liq ravishda oyiga 180-300 AQSh dollarini tashkil etadi. Ular simli va simsiz internet bilan ta'minlangan.

Bundan tashqari, chet ellik talabalar uchun ijaraga uy olish imkoniyati ham mavjud. Bu bir necha do‘stlari bilan bir uyda yashash istagida bo‘lganlar uchun qulaydir.

Oliy ta'lim muassasalari oshxona hamda tamaddixonalarida talabalar uchun 2 yoki 3 mahal ovqatlanish imkoni yaratilgan.

Study First Academy faqatgina Universitet va mutaxassislik yo‘nalishini tanlashga ko‘maklashish bilan cheklanib qolmay, aeroportdan transfer, talaba vizasi, hayot sug‘urtasi va yotoqxonalarga joylashish hamda vaqtinchalik yashash huquqini rasmiylashtirishda ham yordam beradi. Sizning moddiy imkoniyatingizdan kelib chiqqan holda universitet-institut tanlashda ko‘maklashadi.

Kelajakka Study First Academy bilan ilk qadamni tashlang!

Talaba bo‘lish istagida bo‘lgan va Turkiya oliy ta'lim dargohlarida o‘qishni davom ettirishni istagan barcha Study First Academy vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin!

Study First Academy O‘zbekiston Respublikasi qonun doirasida rasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda. U nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning bir nechta mamlakati, xususan, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Misr, Rossiya va Ukraina kabi davlatlaridagi o‘quvchilar hamda abituriyentlarga o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda. 

Study First Academy ga murojaat qilib, Turkiyaning davlat va xususiy universitetlarida imtihonsiz faqatgina attestat bilan talaba bo‘lishingiz mumkin. 

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, Xalqaro biznes markazi, A blok, 5-qavat.

Murojaat uchun:

+998990372999

+998990374999

+998946376999

+998931858999

Veb-sahifa: www.studyfirstacademy.com

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: