Sirdaryoda 5ta avtomobil to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi halok bo‘ldi

Jamiyat 23:41 / 18.06.2020 15609

IIV YHXBB Axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, «Guliston-Toshkent» yo‘nalishida ketayotgan 1992 y.t. X.X. (erkak) boshqaruvidagi «Captiva» o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 1993 y.t. S.M. (erkak) boshqaruvidagi «Kobalt»ni o‘ng tomondan quvib o‘tishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada «Captiva» yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan «Damas» va «Kobalt» avtomobillariga, S.M. boshqaruvidagi «Kobalt» esa «Audi-100» avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.

Foto: IIV YXHBB Axborot xizmati
Foto: IIV YXHBB Axborot xizmati

Oqibatda «Damas» yo‘lovchilari – 1979 y.t. A.J. (erkak) va 1982 y.t. Q.Q. (erkak) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

«Kobalt» haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda amaldagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini, haydovchilar quvib o‘tish qoidalari va tezlik me'yorlariga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz», – deyiladi YHXBB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: