«Hech qanday tashvishga o‘rin yo‘q» – YeTTB vakili O‘zbekistonning mablag‘lardan rivojlanish uchun foydalanish natijalarini yuqori baholadi

Iqtisodiyot 11:09 / 18.06.2020 5373

«Ushbu davrada hozir bo‘lgan barcha xalqaro tashkilotlar va taraqqiyot banklari O‘zbekistonga qarz berishga tayyor. Bu biz O‘zbekistondan foydalanishni ko‘zlagan qandaydir beadab institutlar ekanligimizni emas, O‘zbekiston hukumatining mablag‘larimizdan unumli foydalana olishiga ishonishimiz va nafaqat ushbu mablag‘lar, balki ushbu qarzlar ajratilayotgan ko‘plab sohalar bilan bog‘liq tajribadan oqilona foydalanishga ishonch borligini bildiradi.

Aslida qarz berishlar - bu energetika yoki transport sohasida bo‘ladimi, xususiy sektor yoki DXSh asosidagi loyihalardami, bularning barchasi islohotlar bilan bog‘liq. Bularning bari biz beradigan kreditning bir bo‘lagidir.

O‘zbekiston hukumatining mablag‘lardan rivojlanish yo‘lida foydalanish qobiliyatiga kelsak, bu borada natijalar juda yuqori. Agar o‘tgan o‘sish sur'atlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ular juda ham ta'sirli. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston bizning portfelimizdagi Markaziy Osiyo davlatlari orasida 2020 yilda ham o‘sishga erishishi va 2021 yilda iqtisodiyoti tiklanishi prognozlashtirilgan yagona mamlakatdir. Shubhasiz, agar siz o‘rtacha 2,4 foiz qarz olsangiz va 6,5 yoki 7 foiz iqtisodiy o‘sishga erishayotgan bo‘lsangiz, demak, hech qanday tashvishga o‘rin yo‘q», dedi Erik Livni.

U qarz olishning O‘zbekiston uchun ta'sirini ko‘rib chiqishdagi omillardan biri - xususiy sektordagi jalb qilinayotgan mablag‘lar dinamikasi ekanini aytdi. U xususiy sektor tomonidan mablag‘larni jalb qilishga bo‘lgan istak so‘nggi ikki yil davomida sezilarli darajada o‘zgarganini ta'kidladi.

Ma'lum qilinishicha, kreditlar hajmining o‘sish sur'ati ketma-ket ikki yil davomida 50 foizni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: