Lukashenkoning prezidentlik saylovidagi raqibi nomzodini olib tashlashga qaror qildi
Belarusda prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko oltinchi muddatga saylanish niyatida va kerakli miqdordagi imzolarni to‘plab bo‘ldi.

Foto: REUTERS/Vasily Fedosenko
Tadbirkor Natalya Kisel Belarus prezidenti saylovidan nomzodini olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda uning shtabiga tayanib Sputnik Belarus ma'lum qildi.
Kisel avvalroq prezidentlikka nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun zarur bo‘lgan 100 mingta imzoni to‘plaganini tasdiqlagandi. U barcha imzolarni boshqa nomzodlarga bo‘lib berishni rejalashtirmoqda. Nashrning qayd etishicha, buning imkoni yo‘q, chunki imzo varaqalarida fuqaro qaysi nomzod uchun imzo qo‘yganligi ko‘rsatiladi.
Belarusda prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko oltinchi muddatga saylanish niyatida va kerakli miqdordagi imzolarni to‘plab bo‘ldi.
Shuningdek, uning raqiblari — «Belgazprombank» sobiq rahbari Viktor Babariko, yuqori texnologiyalar parki sobiq boshlig‘i Valeriy Tsepkalo, vakillar palatasi sobiq deputati Anna Kanopatskaya ham imzo to‘plab bo‘lishganini ma'lum qilishgan.
Saylovda qatnashishni rejalashtirgan taniqli bloger Sergey Tixanovskiy hibsga olingan. «Belgazprombank» ofisida tintuvlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

12:39 / 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

11:31 / 18.10.2021