Andijonda Polshaga ishga jo‘natish va'dasi bilan fuqarolar pulini qo‘lga kiritgan korxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Jamiyat 07:59 / 12.06.2020 4359

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan fuqarolar U.K. va M.A.larning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.T. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida «Legal help servis» MChJni tashkil etib, bir necha fuqarolarni aldab, ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga 4 oy muddatda ishga yuborishini aytib, 5 150 AQSh dollari va 12,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan A.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi saytidagi xususiy bandlik agentliklari reyestrida «Legal help servis» MChJning nomi qayd etilmagan.

Qonun talabiga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ish bilan ta'minlash faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus litsenziya talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: