Samarqandda giyohvandlik o‘simligini keyinchalik o‘tkazish maqsadida parvarishlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 10:52 / 11.06.2020 4971

2020 yilning 8 iyun kuni soat 10:45da Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” maxsus tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, Past Darg‘om tumani “O‘tarchi” MFYda yashovchi 51 yoshli Z.E. uyining tomorqasida jami 26 tup ko‘p miqdordagi “kannabis” giyohvandlik o‘simligini kelgusida o‘tkazish maqsadida ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu o‘simliklar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Z.E. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: