Navbatdagi «samosud». Xorazmda ayol kishi bir necha ayollar tomonidan kaltaklandi

Jamiyat 18:08 / 11.06.2020 33063

Jazavaga tushgan ayollarni videoga olayotgani taxmin qilingan erkak voqea joyiga qiziqib kelganlarga aralashmaslikni va yerda yotgan ayolning bir necha oilalarni buzayotganini ta'kidlaydi. Ayollar yerda yotgan ayolni kaltaklash bilan birga uning sochlarini ham kesib tashlaydilar. 

Atrofdagilarning so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan janjal sababi ayolning yengiltakligi va rashk ekanligi ma'lum bo‘ladi. Kaltaklovchilarning harakatlaridan ham buni sezish mumkin.Ammo bu fakt hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov Kun.uz muxbiriga mazkur holat bo‘yicha ma'lumot berdi: – Voqeaning barcha ishtirokchilari aniqlandi va qo‘lga olindi. Voqea bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari boshlangan. Kaltaklangan ayolning ahvoli nisbatan qoniqarli, jarohatlari tibbiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra voqeaning barcha ishtirokchilari harakatlariga nisbatan huquqiy baho beriladi, ya'ni ularning jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘riladi, – dedi Sh.G‘iyosov.

Ko‘proq yangiliklar: