«Aqlli» yashash siri nimada? (Video)

Jamiyat 11:00 / 11.06.2020 14252

NRG bunyodkorlik kompaniyasi ikki qo‘shni mamlakatlarning yetakchi developerlari – Murad Buildings hamda BI group (Qozog‘iston) tomonidan asos solingan qo‘shma brend bo‘lib, uning dastlabki loyihasi esa O‘zbekistondagi birinchi zamonaviy «aqlli» turar-joy majmuasiga aylanishi kutilmoqda.

NRG Oybek Toshkent shahrining markazi – Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasi yaqinida qurilmoqda. Majmua Toshkentning yangi nafasi bo‘lib, unda yashaydigan bo‘lajak xonadon egalari o‘zlari va oila a'zolari uchun xavfsizlik, qulaylik, farovonlik, xotirjamlik kabi uyg‘un hissiyotlarni tuhfa etishadi.

Majmua yangidan-yangi qulayliklari va texnologik imkoniyatlari bilan hattoki ta'bi nozik insonlarni ham hayratga sola oladi. Qanday qilib deysizmi? Keling, yaqinroq tanishib chiqamiz:

Connected Home va «Aqlli» uy

Connected Home – uy egasini ortiqcha boshqaruv harakatlaridan xalos etuvchi va xavfsizlik hamda qulaylikni ta'minlovchi elektron qurilmalarning o‘zaro bog‘langan konsepsiyasidir. U o‘z ichiga ovozli yordamchilar, isitish tizimini boshqarish, «aqlli» yoritish tizimi, shuningdek, mukammal datchiklar va kontrollerlar.  

Boshqaruv qurilmasiga ulangan maxsus datchiklar orqali aqlli xonadon egasi uyda sodir bo‘layotgan barcha muhandislikka aloqador jarayonlar nazoratini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Boshqaruv oila a'zolarining smartfonlariga ham o‘rnatiluvchi Connected Home dasturi orqali amalga oshadi.

Siz endilikda elektr energiyasi va suvga sarflanuvchi xarajatlarni kuzatib borishingiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida xonadon resurslarini vaqtida tejashga yordam beradi. Ovoz orqali boshqaruv, pardaning mustaqil ravishda ochilishi, televizor va  konditsionerni boshqarish – uyda o‘tkazadigan har bir lahzangizdan zavq olishingizga imkon beradi.

The Art of Living SmArt –  «Aqlli» hayot san'ati

Connected Home qulayligining asosi –  barcha tizimlarning ish rejimini o‘zimiz xohlagandek qilib dasturlash bo‘lib, ko‘plab ish ssenariylari orasidan sizning yashash sharoitingizga mosini tanlagan holda sozlaysiz.  

Agar tasodifan suv toshsa, elektr toki o‘chib qolsa yoki biron-bir tizim ishdan chiqsa, mobil telefoningizga vaziyat to‘g‘risida PUSH eslatma keladi. Bu esa uyda sodir bo‘layotgan holatdan doimo xabardor bo‘lishga yordam beradi.   

Ovozli yordamchi – sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan xizmat turi bo‘lib, odam ovozini aniqlaydi va uning buyrug‘iga asosan ma'lum bir vazifalarni amalga oshiradi. Ovozli yordamchilarning funksiyalari turlicha.

NRG Oybek majmuasida esa siz Yandeks kompaniyasining Alisa-Voice ovozli yordamchisiga ega bo‘lishingiz mumkin.  Shuningdek,  Homepod (Siri), Alexa & Google Home kabi xizmatlardan ham foydalanish imkoni mavjud.

Xavfsizlik, qulaylik va tejamkorlik tanlovi

Oqim datchiklari – oshxonadagi rakovina va sanuzelda o‘rnatilib, quvurdan suv oqish holati kuzatilsa, maxsus eslatma keladi. Maxsus qopqoqni o‘rnatish orqali esa datchikka suv tushishi bilan oqim avtomatik tarzda to‘xtaydi.  

Yong‘in datchigi. Uyni yong‘in holatlaridan himoya qiluvchi vosita bo‘lib, xonada 75 darajadan yuqori harorat ko‘tarilganda ishga tushadi.  

Harakat datchigi harakatni nazoratga oladi va uydagi yorug‘likni faollashtiradi (muqobil rejim o‘rnatilganda). Tasavvur qiling: xonaga kirdingiz, harakat datchigi sizning harakatingizni sezgan holda chiroqni avtomatik tarzda yoqadi. Shuningdek, u «muhofaza» tizimini ham o‘z ichiga oladi.

Connected Home dasturida eshiklarni ochilish va yopilish tarixini ham kuzatish mumkin. Bundan tashqari, harorat datchiklari yordamida xonadagi havo namligi va haroratini ham muntazam tekshirish mumkin.

Smart Locks – «Aqlli» qulf

Endilikda siz kalit ko‘tarib yurishingizga hojat yo‘q. Sababi, maxsus tsifrlangan kod, barmoq izlari yoki dasturlangan RF-kartalari yordamida eshikni ochish imkoniga ega bo‘lasiz. Akkumulyator o‘tirgan yoki nostandart vaziyatlarda mexanik kalit ishlatish rejalashtirilgan.

elGate – «Aqlli» shlagbaum

Turar-joy majmuasining avtoturargohiga kiraverishda maxsus dastur orqali shlagbaumni ochish imkoni mavjud. Shuningdek, shlagbaumga bazada ro‘yxatdan o‘tgan mashinalarning raqamli belgilari bilan mustaqil tarzda ochiladigan kamera ham o‘rnatiladi.

IP – videodomofon

Xonadon egasi dunyoning istalgan burchagidan o‘z uyida nima sodir bo‘layotganini kamera orqali kuzatishi mumkin. Albatta, uyda internet xizmatlariga ulanganlik juda ham muhimdir.

NRG Oybek majmuasining barcha «aqlli» imkoniyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tish uchun birgina maqolaning o‘zi kamlik qiladi. Shu sababli sizlarga loyiha bilan kompaniya sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari yoki koll-markazi orqali yaqinroq tanishib chiqishni maslahat beramiz.

O‘zbekistondagi «aqlli» xonadonlardan birining egasi bo‘lishga shoshiling!

Murojaat uchun telefon: 1060

Sayt: u-nrg.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: