Karantin davrida Toshkent shahrida qancha korxona faoliyatini to‘xtatgani ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 19:28 / 10.06.2020 15553

Bu haqda bugun, 10 iyun kuni shahar hokimligi tomonidan karantin davrida olib borilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan onlayn brifingda ma'lum qilindi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayevga ko‘ra, karantin talablari yumshatilgach, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda 35 382 ta korxona bugungi kunda yana o‘z faoliyatini qayta tiklagan.

«Hozirda qolgan 11 391ta korxonaning faoliyatini davom ettirishga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», – degan Mahmudxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Hokimlik rasmiysi karantin cheklovlari sabab qiyin ahvolga tushib qolgan oilalarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar bo‘yicha ham ma'lumot berdi.

«Bu davrda 35 445ta muhtoj oilaga (127 208 nafar oila a'zosi) moddiy ko‘mak berildi va kundalik muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Bular:

- 3 360 tasi ishsiz oilalar;

- 8 506 tasi nogiron va surunkali kasal bor oilalar;

- 2 775 tasi yakka yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan oilalar;

- 8 164 tasi ko‘p bolali (5 va undan ortiq) va muhtoj oilalar;

- 793 tasi kam ta'minlangan oilalar;

- 11 847 tasi karantin sababli doimiy daromad manbayidan mahrum bo‘lgan va bugungi kunda vaqtincha ishsiz oilalar.

«Saxovat va ko‘mak» harakati e'lon qilingandan keyin Toshkentdagi mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirok etish istagini bildirdi.

197 nafari esa, 1 923 nafar muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilishini ma'lum qildi. 34 930 ta oilaga ochilgan plastik kartalarga 21 mlrd 750 ming so‘m o‘tkazib berildi.

«Saxovat va ko‘mak» shahar va tuman jamg‘armalariga 1462ta korxonadan 27 mlrd 599 mln so‘m mablag‘lar beg‘araz o‘tkazib berildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar «Saxovat ARGOS» elektron dasturiga kiritib borilmoqda», – dedi Furqat Mahmudxo‘jayev.

Hokimlik rasmiysining bildirishicha, poytaxtdagi dehqon bozorlarda 14 martdan 8 iyungacha jami 21 394 tonna kundalik ehtiyoj uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar sotilgan.

Toshkent mahallalarida esa 2705ta savdo yarmarkalari tashkil qilinib, ularda jami 3 780 tonna mahsulotlar sotilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar «Saxovat ARGOS» elektron dasturiga kiritib borilmoqda», – dedi Furqat Mahmudxo‘jayev.

Ko‘proq yangiliklar: