Avalon – xonadoningizga hashamat baxsh etish uchun yaratilgan

Jamiyat 17:00 / 10.06.2020 11535

Siz – muvaffaqiyatli insonsiz. Sizning xonadoningiz shinam va hashamatli, maishiy texnikangiz go‘zal va qulay bo‘lishi shart. Oshxona har bir muvaffaqiyatli inson hayotida alohida o‘ringa ega. Chunki muvaffaqiyatli inson tanovul qiladigan yeguliklar bir nechta talablarga javob berishi lozim: taom nafaqat shirin, balki samarali mehnat qilish uchun kuch bag‘ishlashi lozim. Har bir taom nafaqat o‘zining ta'mi, balki estetik xususiyatlari bilan ajralib turishi kerak. Har tomonlama mukammal taom tayyorlash uchun esa avvalambor mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash lozim.

Avalon AVL-RF 56 WC Multi-door sovutgichlari hashamatli tashqi ko‘rinishga ega, o‘zining yuqori funksionalligi va ergonomik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yangi sovutgich oshxonangizga o‘zgacha go‘zallik va hashamat ruhini bag‘ishlaydi, uning innovatsion Multi Air Flow funksiyasi esa qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Bugungi kundagi eng zamonaviy Multi Air Flow qanday afzalliklarga egaligini bilmoqchimisiz? Tafsilotlarini bizning maqolada o‘qing.

Texnik tafsilotlari

Multi-door turidagi sovutgichlar mahsulotlarni saqlashda yanada ko‘proq qulaylik yaratadi. Ikkiga bo‘lingan sovitish kameralari tufayli, siz turli mahsulotlarni bir-biridan alohida saqlash imkoniyatiga egasiz. Sovitish kamerasining umumiy hajmi 290 litrni tashkil etadi. Alohida aytish joizki, Avalon sovutgichlari maxsus svetodiodlar bilan jihozlangan. Svetodiodlar sovutgich kameralarini yorqin chiroq bilan yoritadi va kerakli mahsulotni tezlik bilan topishga imkon beradi. Yangi Avalon sovutgichining muzlatgich kameralari ham ikkiga bo‘lingan bo‘lib, turli xil mahsulotlarni alohida muzlatishga imkon beradi. Muzlatgich kameralarining umumiy hajmi 142 litr. Bu hajm katta oila uchun mahsulot saqlashga yetarlidir.

Avalon sovutgichlari No Frost muz eritish tizimiga ega. No Frost tizimi sizni zerikarli eritish jarayonidan ozod etadi. Qulaylik va estetik xususiyatlaridan tashqari No Frost tizimi amaliy afzalliklarga ham ega: muz paydo bo‘lmasligi sababli, Avalon o‘zga No Frost tizimiga ega bo‘lmagan sovutgichlarga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi.

Multi Air Flow sovitish tizimi

Multi Air Flow ko‘p oqimli sovitish tizimi mahsulotlarning barraligini yanada uzoqroq saqlash uchun yaratilgan. Avalon sovutgichlarida har bir tokchaga alohida havo oqimi yo‘naltirilgan bo‘lib, barcha kameralardagi mahsulotlar bir maromda yaxlatiladi. Sovuq havo oqimlari sovutgichning har bir burchagiga yetib boradi va barcha kameralarda bir xil haroratni ta'minlaydi. Buning foydasi nimada? Ko‘p oqimli sovitish tizimi yordamida mahsulotlaringiz sovutgichning ortki devoriga hech qachon yopishib qolmaydi. Bundan tashqari, harorat keskin o‘zgarmasligi sababli, mahsulotlarni qaysi kameraga qo‘yishingizdan qat'iy nazar, ular avvalgiga qaraganda ancha uzoqroq saqlanib qoladi.

Afzalliklari

Avalon sovutgichlari sensorli displey bilan jihozlangan. Ushbu displeyda siz o‘rnatilgan tizim va haroratni ko‘rishingiz mumkin. Sovutgich bir nechta sovitish tizimlariga ega. Masalan, agar siz jazirama issiqdan uyga kelib, endi xarid qilingan ichimliklardan rohatlanmoqchi bo‘lsangiz, supersovitish tizimidan foydalanishingiz mumkin. Muzlatish kamerasi esa supermuzlatish funksiyasiga ega bo‘lib, mahsulotlarni o‘ta qisqa vaqtda muzlatish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ichimliklarni sovitish uchun muz generatoridan foydalanishingiz mumkin. Yana bir yoqimli funksiyalardan biri – bu ochiq eshik indikatori Alarm. Agar Siz sovutgich eshigini yopishni unutgan bo‘lsangiz, maxsus signal sizga xabar beradi.

Avalon sovutgichlari – aynan siz uchun yaratilgan hashamat. Avalon – sizning muvaffaqiyatingiz belgisi. Avalon bilan haqiqiy shinamlikni tanlang.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: +99891 1449900

Facebook: fb.com/avalon.uzbekistan

Instagram: @avalon_uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: