Apple alohida tushilgan selfilarni bir suratga birlashtiruvchi texnologiyani patentladi

Fan-texnika 01:08 / 10.06.2020 5468

Patentda suratning hosil qilinishi ketma-ketligi bayon qilingan.

Dastur umumiy surat ishtirokchisini suratga olayotganda undan olingan suratni qo‘llash mumkinligini so‘raydi yoki uni rad etib, yangitdan suratga tushishni so‘rashi mumkin. Shuningdek, avval olingan suratlar yoki videolardan lavhalardan ham foydalanish mumkin.

So‘ngra dastur barcha ishtirokchilardan olingan suratlarni birlashtiradi. Bunda ishtirokchilar umumiy suratda turadigan joylarini o‘zlari tanlashlari mumkin bo‘ladi.

The Verge portalining ta'kidlashicha, kompaniya ushbu texnologiyaga patent olish uchun 2018 yil iyulda ariza topshirgan, biroq uni 2020 yil iyunidagina olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu g‘oya amaliyotga qachon tatbiq qilinishi hozircha noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: