Prezidentning “Kapital bozorini rivojlantirish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va aksiyalarni ommaviy taklif etishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tajriba tariqasida alohida shartlar asosida ko‘rsatilgan korxonalarda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish taklifiga rozilik bildiriladi.
Aksiyalari alohida shartlar asosidagi birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish asosida sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari
RO‘YXATI
Quyidagilarni alohida shartlar etib belgilanadi:
a) IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalarni xarid qilish uchun arizalarni to‘plash jamiyatning aksiyalar IPO’sini tashkil etish haqidagi qaror qabul qilgan vakolatli organi yoxud aksiyalarining SPO’sini tashkil etish qarorini qabul qilgan aksiyador bilan ushbu IPO yoki SPO’ni o‘tkazish shartnomasi tuzilgan anderrayter yoki anderrayterlar birlashmasi tomonidangina amalga oshiriladi;
b) anderrayter aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganish natijalari asosida aksiyalar xaridi arizalarini to‘plash uchun aksiyaning nominal va baho qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan narx chegaralarini belgilaydi;
v) IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalar ularni xarid qilish uchun berilgan arizalarda ko‘rsatilgan narxlar chegaralaridan kelib chiqib, tashabbuskor bilan kelishgan holda anderrayter belgilaydigan yagona narx asosida investorlar orasida taqsimlanadi;
g) anderrayterga aksiyalar taqsimlanadigan investorlarni tanlash, shuningdek, investorlarga IPO yoki SPO doirasida xarid qilingan aksiyalarni sotish taqiqlanadigan muddatni belgilash huquqi beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar, investitsion maslahatchilarni saralash, shuningdek, aksiyalarning davlat paketlarini sotish usullari, yo‘llari va tartibini tanlashda Agentlik bilan kelishish shart;
o‘z mamlakatida qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion faoliyat yuritishga litsenziya (ruxsatnoma)ga ega xorijiy korxonaga O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorida tegishli litsenziyasiz, ammo mahalliy investitsion vositachilar bilan birlashish sharti bilan anderrayter sifatida faoliyat yuritishga ruxsat berish;
davlat, jumladan, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga IPO yoki SPO o‘tkazish yo‘li bilan aksiya savdosi natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish, shuningdek, aksiyalar taklif narxlarini va aksiyalar taqsimlangan investorlar doirasini aniqlash natijalari masalalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishni taqiqlash;
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi «Davlat mulki obektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 279-sonli qarori keltirilgan tajribaga tatbiq etilmaydi;
fond birjalarining birja kotirovka varag‘ining oliy toifasiga qo‘yiladigan talablar agentlik bilan kelishiladi.
Davlat ulushi yetakchilik qiladigan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklariga Agentlik bilan kelishmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida barcha turdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasini Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) Maslahat, hamkorlik va axborot almashish masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv ko‘p tomonlama memorandumiga (MMoU) qo‘shish maqsadida Agentlikka uning nazorat funksiyalari doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari hamda Markaziy bankdan kerakli axborot, jumladan, maxfiy axborotni olish huquqi beriladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
a) aksiyadorlik jamiyatlari (aksiyalari fond birjaning birja kotirovka varag‘ining yuqori toifasida bo‘lsa) hamda bozor yaratuvchi (market-meyker) faoliyatini amalga oshiruvchi investitsion vositachilar (birja kelishuvlarini tuzish majburiyatini o‘z zimmasiga olganligini e'lon qilgan paytdan e'tiboran) 2023 yilning 1 sentyabriga qadar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi;
b) aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari fond birjaning birja kotirovka varag‘idan chiqarib yuborilgan taqdirda aksiyalar ishtirokidagi so‘nggi bitimdagi narx bo‘yicha o‘z aksiyalarini sotib olishlari bo‘yicha e'lon beradilar.